Xaverc jarohati tufayli "Bavariya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
6 iyun 2020, 18:06
"Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverc Bundesliga 30-turi doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

20 yoshli xavbekning mushaklarida muammo bor, Xaverc hattoki leverkuzenliklarning zaxirasida ham yo'q.

Futbolchi joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, birozdan so'ng boshlanadigan "Bayer" - "Bavariya" o'yini saytimiz tomonidan matnli translyatsiya qilinadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/bayer04fussball