

Odion Igalo “Manchester yunayted” tarkibida yozga qadar ijara asosida harakat qiladi. Daily Mirror xabar berishicha, hujumchining o'yini va ishiga bo'lgan munosabati manchesterliklar ustozi Ole Gunnar Sulshyerda yaxshi taasurot qoldirgan. Igaloning transfer narxi esa 17 mln evroga baholanmoqda.
30 yoshli forvard “Yunayted” tarkibida 8 o'yinda qatnashdi va 4+1 natijaga erishdi.



