Tashkilotchilarning qo'pol xatosi sabab Fransiya – Albaniya uchrashuvi biroz kech boshlandi

Eldor Akmurzayev
8 sen 2019
Ayni daqiqalarda, Evro-2020ning saralashidan o'rin olgan Fransiya – Albaniya bahsi bo'lib o'tmoqda.

Ushbu o'yin boshlanishidan oldin stadion suhandoni mehmon jamoa a'zolarini Armaniston deb tanishtirdi. Keyin esa tashkilotchilar Albaniya davlat madhiyasining o'rniga Andorranikini qo'yib yuborishdi. Musiqa yangrab bo'lganidan so'ng, kerakli ohang topilib, madhiya yana boshidan yangradi. Shu bois, uchrashuv 7 daqiqaga kech boshlandi. 



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia