

Shu munosabat bilan bugun terma jamoamiz delegaciyasi Isroil davlatiga uchib ketadi. Isroildan avtobusda Falastin davlatiga yetib boriladi. O'zbekiston terma jamoasi muxlislar klubi futbolchilarimiz joylashgan "City Palace" mehmonxonasidan Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportiga qadar ajoyib tarzda kuzatib qo'yishdi.

























