"Galatasaroy" skautlari Shomurodovni kuzatib borishmoqda

Eldor Akmurzayev
13 avg 2019
Biroz oldin, RPLning 5-turidan o'rin olgan bahsda Rostov Eldor Shomurodovning goli evaziga Krilya Sovetovni taslim (1:0) qildi.

Mazkur o'yinni Rostov Arena o'yingohi orqali to'g'ridan-to'g'ri turkiyalik skautlari kuzatib bordi, deya xabar beradi MatchTV telekanali sharhlovchisi Nobel Arustamyan.

“Efirdagi hamkasblarim Rostovdagi o'yinda Turkiyadan kelgan skautlar borligini aytishdi, lekin ular qaysi klubdan ekanligiga aniqlik kiritilmadi. Qo'shimcha qilamiz, Sobolev (Krilya Sovetov) hamda Shomurodovning o'yinlarini Galatasaroy skautlari kuzatib borishmoqda. Biroq, turkiyaliklar o'zbek forvardini narxi juda qimmat bo'lgani bois hozir sotib ololmaydi. Ha, Rostovning o'zi ham hujumchini sotmaydi”, - deydi  Arustamyan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/ANobelito