24 yoshida faoliyatini tugatgan "Brayton" sobiq a'zosi yurak xuruji bilan kasalxonaga yotqizildi

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2023, 15:01
"Brayton"ning sobiq futbolchisi Enok Mvepu Zambiyada kasalxonaga tushib qoldi.

U yurak xurujida gumon qilinmoqda, deya ma'lum qildi "Zambian Observer".

24 yoshli Enok Mvepu to'satdan yiqilib qolgach, kasalxonaga olib ketildi.

Mvepu yakshanba kuni ertalab mashina haydab ketayotganda o'zini yomon his qilgan. U mashinani to'xtatishga muvaffaq bo'lgan, shundan so'ng tushib, erga qulagan.

Mvepu "Brayton"ning eng istiqbolli o'yinchilaridan biri hisoblanardi, ammo 2022 yilning oktyabrida u irsiy yurak kasalligi tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Zambian Observer