Rasmiy xabar: Ulug'bek Baqoev - "So'g'diyona" bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
21 apr 2019
"So'g'diyona" ustozi Sergey Lushan Superligadagi ketma-ket 3 mag'lubiyatdan keyin iste'foga chiqarilgandi.

Oldinroq saytimizda "So'g'diyona"da bo'shab qolgan bosh murabbiy lavozimiga Ulug'bek Baqoev tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

"Metallurg" bilan o'yinga jamoani aynan Ulug'bek Baqoev tayyorladi va bugungi bahsda aynan u "So'g'diyona"ni bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushadi. Bu haqda Jizzax klubi matbuot xizmati championat.asia saytiga xabar berdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia