23-sonli Mehribonlik uyida "Navro'z" bayramiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
24 mar 2017, 16:46
Toshkent shahridagi 23-sonli Mehribonlik uyida "Navro'z" bayramiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi.

2001-2002 yilda tug'ilgan yosh futbolchilar o'rtasidagi mini-futbol bo'yicha musobaqada "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Paxtakor", "Spartak", "Chelano" va 23-sonli mehribonlik uyinig "FKDM-23" jamoalari ishtirok etishdi.

Yarim finalda raqiblarini mag'lub etgan "FKDM-23" va "Spartak" jamoalari hal qiluvchi bahsda to'qnash kelishdi. Keskin o'tgan uchrashuvda mezbonlar 7:4 hisobida g'alaba qozonib turnir g'olibiga aylanishdi.



Yarim final
"FKDM-23" - "Paxtakor" 14:5
"Spartak" - "Bunyodkor" 5:2

3-o'rin uchun o'yin
"Paxtakor" - "Bunyodkor" 8:4

Final
"FKDM-23" - "Spartak" 7:4


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia