

Shu munosabat bilan ertaga, 9 noyabr kuni Olmaliq shahrida katta bayram tadbiri va taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi. Bayram soat 14:00da boshlanadi.
Soat 18:00da Superliga doirasidagi AGMK - "Qo'qon-1912" uchrashuvi boshlanadi.
AGMK klubi ushbu bayram tadbiri va futbol uchrashuvini yoritishni maqsad qilgan jurnalistlarga qulaylik yaratish maqsadida ular uchun Toshkent-Olmaliq-Toshkent yo'nalishida avtobus ajratdi. Avtobus 9 noyabr kuni soat 10:30da Toshkentdagi "O'zbekiston" mehmonxonasi oldidan jo'naydi.




