

2022 yilgi mavsumda "Paxtakor" mamlakat chempioni sifatida to'g'ridan-to'g'ri guruh bahslarida qatnashadi, kubok sohibi "Nasaf" esa saralash bosqichida ishtirok etadi.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tashkilotga a'zo mamlakatlar assotsiatsiyalaridan 2023-yilgi mavsum davomida qitaning klublar miqyosidagi nufuzli musobaqasi - Osiyo chempionlar ligasida qatnashadigan klublar soniga aniqlik kiritib oldi.
Unga ko'ra, OCHLning 2023 yilgi mavsumida O'zbekiston klublariga 2+2 kvota ajratiladi. Yani, O'zbekiston Superligasi chempioni va mamlakat kubogi g'olibi OCHL bahslarining guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oladi. Shuningdek, milliy chempionatimizning 2 va 3-o'rin sohiblari OCHLdagi yurishini saralash bosqichidan boshlaydi.




