2022 yilgi O'zbekiston Superligasi qachon boshlanishi e'lon qilindi

Narzulla Saydullayev
7 dek 2021
PFL yangi mavsumda O'zbekiston chempionati qaysi sanada boshlanishini e'lon qildi.

Unga ko'ra, 2022 yilgi Superliganing 1-turi 2 mart kuni boshlanadi. Yangi mavsumda yuqori divizionda "Neftchi", "Dinamo" va "Olimpik" klublari ham ishtirok etadi. Quyi ligaga "Andijon", "Turon" va "Mashal" klublari tushib kyetishdi.

Eslatib o'tamiz, 2021 yilgi O'zbekiston Superligasi 9 mart kuni start olgan edi. Biroz oldin 2022 yilgi Superkubok uchrashuvi 26 fevral kuni bo'lib o'tishi haqida xabar bergan edik.








Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia