

So'nggi yillarda Superliga klublari 45 nafargacha futbolchini ro'yxatdan o'tkazib kelayotgandi. O'FA va PFL mutaxassislari klublar mavsum davomida asosiy tarkib uchun qancha futbolchi xizmatidan foydalanyotgani borasida tahliliy ma'lumotlar tayyorladi.
Shundan kelib chiqib, 2021 yilgi mavsumda Superliga hamda U-21 jamoasi uchun umumiy 40 nafardan ko'p bo'lmagan futbolchi ro'yxatdan o'tkazilishi belgilandi. Bunda U-21 jamoasida U-18 jamoasi futbolchilari hamda futbol akademiyasi (maktabi) tarbiyalanuvchilarining to'p tepishlari mumkinligi inobatga olinadi.



