2018 yilgi Superligada barcha o'yinlarda to'liq o'ynagan yagona futbolchi kimligini bilasizmi?

Narzulla Saydullayev
3 dek 2018, 12:42
Hisob bo'yicha 27-O'zbekiston chempionati o'z yakuniga etdi.

O'quvchilarimiz e'tiboriga turli statistik ma'lumotlarni berishni boshlaymiz.

2018 yilgi Superligada uch nafar futbolchi barcha 32ta o'yinda maydonga tushishga erishdi.

"Bunyodkor" yarim himoyachisi Murodjon Toshmatov 20 marta to'liq harakat qildi. 11 bor asosiy tarkibda tushib zaxiraga olindi. Bir marta zaxiradan o'yinga qo'shildi.



"Navbahor" vakili A'zam Aliev 27ta o'yinda to'liq o'ynadi. Beshta uchrashuvda murabbiy uni almashtirdi.




"Qo'qon-1912" posboni O'tkir Yusupov esa 2018 yilgi mavsumning barcha 32ta o'yinini to'liq, o'zgarishlarsiz maydonda o'tkazgan yagona futbolchiga aylandi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia