2018 yil O'zbekiston kubogida g'olib chiqqan Baxtiyor Ashurmatov bugun kimning imkoniyatini yuqori baholadi?

Iskandarov Abdulaziz
30 okt 2022, 16:53
O'zbekiston kubogi finalida to'qnash keladigan "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvidan oldin taniqlik murabbiy Baxtiyor Ashurmatov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.



"Ikki jamoa ham g'alabaga munosib. Agar bitta jamoani tanlash imkoniyati bo'lsa, qarshilik muxlislarni hafa qilmagan holda "Navbahor"ning g'alabasini taxmin qilgan bo'lar edim. Bunga bir nechta faktorlar bor. Birinchisi namanganlik muxlislar. O'z vaqtida shu klubda ishlaganman va ularning qanday ishqibozlik qilishlaridan xabardorman. Ikkinchi faktor, klub rahbariyati juda katta hajmdagi ishni bajardi. Ular o'z mehnatlarini mevasini ko'rishlari kerak. Albatta, jiyanim Rustam Ashurmatov uchun qayg'uraman. Muxlislik qilaman. "Nasaf"da Norchaevning yo'qligi ham katta ta’sir qiladi. Chempionatda esa "ajdarlar" zafar quchadi. Kubokni "Navbahor" oladi, deb o'ylayman. 

"Navbahor" futbolchilari hozir yoki hech qachon degan shior bilan maydonga chiqishadi. Jamoaning kubok finaliga chiqmaganiga ancha bo'ldi. Hammasi maydonda hal bo'ladi. Muxlislar chiroyli futbol ko'rishadi, deb o'ylayman",- deydi Baxtiyor Ashurmatov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia