19 yoshli futbolchi A Seriyaning eng ko'p maosh oluvchi himoyachisiga aylanadi

13 iyul 2019, 19:40
"Ayaks" himoyachisi Matteys de Ligt "Yuventus" klubiga o'tganidan so'ng Italiya chempionatida eng ko'p maosh oladigan himoyachiga aylanadi.

Bu haqda Marca nashri ma'lumot berdi. Manbaga ko'ra, yaqin vaqtlar ichida de Ligtning transferi rasman yopiladi. Shuningdek, gollandiyalik futbolchining yillik maoshi 12 mln. evroga teng bo'lishi ma'lum bo'ldi. Hozirga qadar A Seriyada to'p tepayotgan birorta himoyachi bu qadar katta maosh olmagan.



"Ayaks" De Ligt borasidagi taklifni qabul qildi 

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com