11 oktyabr kuni Dilshod Nuraliev ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
7 okt 2013, 11:37
Xabaringiz bor, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi oktyabr oyining ikkinchi yarmida boshlanadigan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Ushbu mundialdan oldin o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi, bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

"Dilshod Nuraliev jamoasi turnir oldidan Ispaniyada yig'in o'tkazib, xalqaro turnirda ishtirok etib, kecha Toshkentga qaytib keldi. O'zbekiston U17 terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev 11 oktyabr, juma kuni soat 11:00da O'FF binosida matbuot anjumanida ishtirok etadi", - deb yozadi O'FF rasmiy tvitteri.

Eslatib o'tamiz, BAA mezbonlik qiladigan o'smirlar o'rtasidagi mundial 17 oktyabr - 8 noyabr oralig'ida bo'lib o'tadi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi "S" guruhida Panama, Marokash va Xorvatiya jamoalari bilan kurash olib boradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia