10 yillik tanaffusdan so'ng Tailand bilan o'ynaymiz

Narzulla Saydullayev
6 iyun 2017, 08:13
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Tailand bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Ushbu jamoalar shu kunga qadar 7 marta to'qnash kelishgan. Natijalar Tailandning ustunligini ko'rsatmoqda. Sharqiy Osiyo jamoasi 5ta uchrashuvda g'olib chiqqan. O'zbekiston hisobida esa ikkita g'alaba mavjud.

Toshkentda bu jamoalar faqat bir marta, 2003 yil Osiyo Kubogi-2004 saralashi doirasida, to'qnash kelishgan. O'sha bahsda O'zbekiston raqibni 3:0 hisobida taslim qilgan.

So'nggi marta ushbu jamoalar 2007 yil Tailand Qiroli kubogi doirasida o'zaro o'yin o'tkazishgan. Bu uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobida zafar quchishgan.

O'zbekiston va Tailand o'rtasidagi barcha o'yinlar:
1994 yil 7 oktyabr - O'zbekiston - Tailand 5:4
1999 yil 24 iyul - Tailand - O'zbekiston 1:0
2000 yil 18 may - Tailand - O'zbekiston 2:0
2000 yil 3 sentyabr - Tailand - O'zbekiston 4:2
2003 yil 8 noyabr - O'zbekiston - Tailand 3:0
2003 yil 21 noyabr - Tailand - O'zbekiston 4:1
2007 yil 22 dekabr - Tailand - O'zbekiston 3:2


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia