Zukko muxlis tanlovi. Ikkinchi g'olib aniqlandi

Narzulla Saydullayev
3 okt 2013, 14:51
Kecha saytimizda ikkinchi marta “Zukko muxlis tanlovi” bo'lib o'tdi.
5ta savol muxlislar hukmiga havola qilindi. Savollarning javoblari bilan tanishib oling.


Javoblar
1. 11 oktyabr 1993 yil. MHSK – "Politotdel". Hakam B.Haydarov "Politotdel"dan Fevzi Davletovni 50-daqiqada, Alisher Otajonov, Azamat Abduraimov va Robert Gayni 78-daqiqada maydondan chetlatgan. Oradan 10 yil 11 kun o'tib, 22 oktyabr 2003 yil. "Guliston" – "Traktor". Hakam Konstantin Smirnov "Guliston"dan Jo'rabek Karimqulov (50), Akmal Suyarov (63), Ildar Yuldashev (74) va Aziz Osimov (82)larni maydondan chetlatgan.

2. Ketma-ket bexato penaltini golga aylantirish bo'yicha rekord Xayrulla Karimovga tegishli. U 2000-2007 yillar davomida 19 marta darvozani aniq nishonga olgan. 2007 yil 7 oktyabr kuni “Mashal” tarkibida “Neftchi” darvozasiga 20-penaltini golga aylantirishda adashgan. Aniqrog'i u darvoza ustunini nishonga olgan.

3. Milliy chempionat to'purarlari ro'yxatini Anvar Berdiev 210 gol bilan boshqarib bormoqda.

4. Ulug'bek Baqoev 2000 yilda 21 gol urgan. O'sha mavsumda oliy ligada yagona bo'lib turgan ko'rsatkichni Qo'qonda qayd etgan. U mezbonlar darvozasiga 6ta gol urgan.

5. Chempionatda 2 marta o'ta yirik durang qayd etilgan. Ulardan biri 1997 yil “Chilonzor” – MHSK uchrashuvida kuzatilgan. Ammo o'yin natijasi ko'p o'tmay bekor qilingan va “Chilonzor”ga 0:3 texnik mag'lubiyat yozilgan. Ikkinchi o'yin 1999 yil “So'g'diyona” – “Do'stlik” jamoalari o'rtasida kechgan bahsda tarix sahifalaridan joy olgan.
 
Bu savollarning ikkitasiga Orifjon Xushboqtov (Sho’rchi) ma'lum darajada javob bergan. Javoblarga eng yaqin kelgan ishtirokchi bo'lgani sababli bu o'quvchini g'olib deb e'lon qilamiz va FIFA.UZ logotipi tushirilgan futbolka topshiramiz. Sovg'ani olish uchun sayt mamuriyati bilan bog'lanishingiz mumkin. asia@championat.asia

Eslatib o'tamiz, har chorshanba kuni “Zukko muxlis tanlovi” bo'lib o'tadi. Saytimizni kuzatib boring. Futboldagi bilimingizni sinab ko'ring va sovg'alarga ega bo'ling.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia