
- Uchrashuv juda ham shiddatli ruhda o'tdi. Bugungi o'yinni tomosha qilish uchun kelgan ishqibozlar jamoalar ko'rsatgan o'yindan mamnun bo'lishdi. “Bunyodkor”dan uydami, safardami ochko olgan jamoa xursand bo'ladi. Chunki bu klub mamlakatimizning yetakchi jamoalaridan biri. Ko'p yillardan beri yetakchilik qilayotgan klub. Yigitlarimiz maydonda borini berib o'ynashdi. “Bunyodkor”ga kyingi uchrashuvlarda omad tilayman, - deydi Zoxid Nurmatov.