Zohid Abdullaev qaysi jamoani tanlaydi?

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2020, 11:43
“Metallurg” tajribali hujumchisi bilan xayrlashishga qaror qildi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, bekobodlik Zohid Abdullaev ayni damda jamoa bilan birga emas. Aftidan bosh murabbiy Andrey Shipilov hujum chizig'iga o'tgan mavsum “Andijon” sharafini himoya qilgan 22 yoshli Shahzod Ubaydullaevni olib kelib, Abdullaev bilan do'stona ravishda xayrlashishga qaror qilgan ko'rinadi.

36 yoshli Zohid Abdullaevga hozirda Superliganing bir nechta jamoalaridan qiziqish bo'layotgani aytilmoqda. Aniqrog'i “Qo'qon-1912” bilan “Surxon” uning xizmatlariga extiyoj sezmoqda.

Ma'lumot uchun, Abdullaev 2019 yilgi chempionatda 19ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z aktiviga 5ta gol yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia