Zlatan "Milan" bilan qisman mashg'ulot olib bordi, u 10 kundayoq safga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
9 yanv 2021, 00:19
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich mashg'ulotlarga qaytdi.

39 yoshli shvetsiyalik futbolchi jamoa bilan qisman mashg'ulot olib bordi. U 18 yanvar kungi "Kalyari"ga qarshi o'yingacha safga qaytishi kutilmoqda.

Forvard ertaga "Torino"ga qarshi bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuboradi. Matbuot anjumanida Stefano Pioli hujumchining o'yinda qatnashishiga shubxa qilishini aytib o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal