Zidanning o'g'li "Real"dan ketganidan afsusda emas

Narzulla Saydullayev
15 okt 2019
Rasing posboni Luka Zidan yozda ijara asosida Realdan ketganidan afsusda emas.

- Realni tark etganimdan afsuslanmayman. Bu faoliyatimdagi muhim qadam bo'ldi. Professional jamoada o'ynash va o'zimning kerakli ekanligimni isbotlash muhim edi. Yaqin orada nima bo'lishini bilmayman. Mendan Real haqida so'rashlari qiziq ekanligini bilaman. Ammo javob berishni xohlamayman, - deydi Zinedin Zidanning o'g'li AS nashriga.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com