Zidanning agenti mijozi borasidagi muhim ma'lumotni ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
7 okt 2018, 16:40
Murabbiy Zinedin Zidanning agenti Alen Milyachcho mijozi borasidagi muhim ma'lumotlarni taqdim qildi.

"U biroz charchagan. Zinedin shunday: u ishlashni istamayaptimi, demak bu kerak emas. U hech qachon bizni aldamaydi. U bu yilda dam oladi va keyingi yildan ishga qaytishi mumkin. Zinedin o'zi istaganidan oldin ishga kirishmaydi", - dedi agent.

Oldinroq Zidan yaqin vaqtlarda "Manchester Yunayted" boshqaruvini o'z qo'liga olishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le 10 Sport