Zidan: "Yozda jamoani kimlar tark etishi ma'lum"

6 may 2019, 19:15
Mavsum yakunida "Real Madrid" klubini qaysi futbolchilar tark etishi ma'lum bo'ldi.

Marca nashrining ma'lumotiga ko'ra, jamoa ustozi Zinedin Zidan keyingi mavsum uning rejalarida yo'q bo'lgan futbolchilarni aytib o'tdi. 

Fransiyalik mutaxassis bir-bir futbolchilar bilan gaplashgan va Garet Beyl, Dani Sebalos, Markos Lorente kabi o'yinchilarga chiroyli tarzda o'zining qarashlarini tushuntirib, chiqish eshiklarini ko'rsatgan. Beylning agenti buni tasdiqlamadi, ammo rad etgani ham yo'q.  

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca