Zidan Serxio Ramos faoliyatini qayerda davom ettirishini aytdi

Alisher
4 noya 2020
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa sardori Serxio Ramosning kelajagi haqida gapirdi.

34 yoshli himoyachining "Real" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.

"Serxio "Real"da qoladi. Men bunga umuman shubha qilmayman. Ramos - jamoa yetakchisi, uni bu yerda umrbod sevishadi", - deydi fransiyalik mutaxassis.

Oldinroq, Ramosning xizmatlariga Turinning "Yuventus" klubi qiziqayotgani va "keksa sinora" rahbariyati ispaniyalik futbolchiga shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar yangragan edi.

Serxio joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal