Zidan: "Real"da o'yin vaqtini men hal qilaman"

Aslanov Jasurbek
21 noya 2017, 11:27
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning so'zlariga ko'ra, klubda tarkib borasida qarorni u qabul qiladi.

Fransiyalik mutaxassis bu gapni har doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmayotgan yarim himoyachi Marko Asensio borasida berilgan savolga javob sifatida aytdi.

"Ishimizning qiyinligi haqida bilamiz. Biz "Real"miz va muxlislar doimo ko'prog'ini istashadi. Ko'proq kuch sarflashimiz kerakligini bilamiz. Har bir futbolchi ko'proq o'ynashni istaydi. Bizda barchaning o'z roli bor va ularning hammasi jamoa uchun muhim. "Real"da futbolchilarning o'yin vaqtini men hal qilaman, bu mening ishim. Futbolchilar maydonga chiqqanda e'tiborliroq bo'lishini istayman" - deydi Zidan.

LaLiganing 12ta tur o'yinidan so'ng Asensio barcha uchrashuvlarda ishtirok etdi va ularning 8tasida zaxiradan maydonga tushdi. U bu bahslarda 4ta gol urib, 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca