Zidan Peresdan hujumchi xarid qilishni so'radi

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2017, 17:50
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Alvaro Morata bilan xayrlashmoqchi emas.

Ammo agar futbolchi baribir "qaymoqranglilar" safini tark etsa, fransiyalik mutaxassis yangi hujumchi xarid qilmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, zidan bu borada "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres bilan uchrashdi.

Zidan Moratani klubda olib qolishga urindi, biroq u ko'proq o'yin amaliyoti umidida bo'lgan hujumchini ham to'g'ri tushunmoqda.

Oldinroq "Real" "Manchester Yunayted"ning Morata borasida bildirgan 60 mln. evrolik taklifini rad etgandi.

So'nggi mavsum Morata LaLiganing 26 ta uchrashuvida 15 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca