Zidan: “Biz hali hech narsa yutmadik”

14 iyul 2020, 08:06
“Real” ustozi La Liganing 36-turida “Granada” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz baxtlimiz, boisi uch ochko ishlashning uddasidan chiqdik. So'nggi daqiqalar oson o'tmadi. “Granada” ikkinchi bo'limda bizni ko'proq himoyalanishga majbur etdi. Ertagayoq mashg'ulotlarga qaytamiz. Payshanba kungi bahsga qanday tayyorgarlik ko'rishni rejalashtirishimiz kerak. Yana ikkita o'yin qoldi va biz hali g'alaba qozonganimiz yo'q. Shunday holat. Judayam xursandmiz, biroq chempionlikka olti ochko etmayapti”, - deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca.com