Zidan - Beyl haqida: "Unga hech nimani taqiqlay olmayman"

Mirjalol Normatov
6 dek 2019, 19:27
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan yarim himoyachi Garet Beyl haqida gapirdi.

"U "Alaves"ga qarshi bahsda jarohatlangandi. Dam olish kunlaridan keyin u o'zida noqulaylikni his qildi. Hozirda u mashg'ulotlarda to'laqonli qatnasha olmayapti.

Men hech kimga hech nimani taqiqlay olmayman. Futbolchilar - kap-katta insonlar, ularning o'zlari nima qilish kerak-u, nima qilish kerak emasligini yaxshi bilishadi", - dedi Zidan.

Oldinroq Beyl "Barselona"ga qarshi bahsda qatnasha olmasligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal