Zidan: "Albatta murabbiylikka qaytaman"

Оқил Абдубарноев
16 iyun 2023
"Real" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan murabbiylikka qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, 50 yoshli francuz 2021 yilning yozida "qaymoqranglilar" lagerini tark etgandi. O'shandan beri jamoa boshqaruviga kelgani yo'q.

"Tan olaman, futbolni sog'indim. Qachon ishga qaytaman? Bu albatta sodir bo'ladi. Lekin qachon ekanligini sizga ayta olmayman", - dedi mutaxassis.

Avvalroq Zidan kelajakda Fransiya terma jamoasini boshqarishni xohlashini aytgandi. Unga PSJ bir necha bor taklif yubordi, ammo murabbiy hozircha u yerda ishlashni rejalashtirmayapti.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: RMC Sport