Joel Matip “Barselona”ga o'tishi mumkin?

Tolibjon Qosimov
13 yanv 2014, 12:54
“Barselona” klubi “Shalke-04” himoyachisi Joel Matipga qiziqmoqda.

Xabarlarga ko'ra, 22 yoshli kamerunlik futbolchining o'zi kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xerardo Martinodan uni klubga olishini so'ragan. Biroq hamkorlik uzoq muddatga mo'ljallanmasligi  mumkin. Ta'kidlab o'tamiz, Matipning gelzenkirxenliklar bilan tuzgan shartnomasi 2016 yilgacha amal qiladi va uning taxminiy narxi 11 million evroni tashkil etishi mumkin.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net