
Futbolchi terma jamoa safida so'nngi marta JARdagi jahon chempionatida maydonga tushgan. Braziliyadagi Mundial yaqinlashayotganini hisobga olib, Jo Roy Xojson e'tiboriga tushishga intiladi.
"Men uchun eng muhimi - "Vest Xem" asosiy tarkibida mustahkam joy olib, imkon qadar ko'proq o'yin o'tkazish. Albatta, har bir ingliz terma jamoada o'ynashni istaydi. Bu faoliyatning eng cho'qqisi", dedi Jo.