Birinchi bosqichda kuchli ettilikka kirgan klublar endi chempionlik uchun kurash olib borishadi. Afsuski hamyurtimiz Server Jeparov to'p tepayotgan "Seongnam Ilva Chunma" klubi kuchli ettilikka kira olmadi.
"Seongnam"ga atiga bitta gol yetmadi. Bugun Jeparov klubi safarda "Geongnam"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Shu bilan birga "Busan IPark" klubi ham safarda peshqadam "Poxang Stilers"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. "Seongnam" va "Busan"ning ochkolari 40 tadan bo'ldi, to'plar nisbatida esa "Busan"ning ko'rsatkichi bittaga yaxshi bo'lgani uchun kuchli ettilikka aynan shu klub kirdi.
Endi "Seongnam" ligada qolish uchun kurashadi. Jeparov bugun erta Toshkentga O'zbekiston terma jamoasining yig'iniga keladi.