Janubiy Amerikaning qolgan jamoalari allaqachon navbatdagi bosqich ishtirokchilariga aylanib ulgurishdi. Bugun Shveytsariya ochko yo'qotgan taqdirda Ekvadorning g'alabasi yoki Shveytsariyaning mag'lubiyati va Ekvadorning durangi jamoaga nimchorak finalda o'ynash huquqini taqdim etishi mumkin.
Fransiya bugun tarkibdagi bazi yetakchilarga dam berish imkoniyatiga ega. Desham bunda taktik uslubni emas, faqat o'yinchilarni almashtiradi. Saxo va Varanda kichik jarohat borligi bois ularning o'rnini Mangala va Koselni egallashi mumkin. Kabay esa 2ta sariq kartochka tufayli o'ynay olmaydi.
Rueda jamoasida esa bunday yo'qotishlar yo'q. Jamoa g'alaba qozonsa, Shveytsariyadan yaxshiroq imkoniyatga chiqadi. Chunki yevropaliklar bunday holda Gondurasni yirik hisobda engishi zarur bo'ladi. Shu sababli Ekvador kichik sensaciya yuzaga keltirishga harakat qiladi. Enner Valensiya jamoa uchun hal qiluvchi gollarni urib berishi mumkin. Avvalgi o'yinlarda bunga guvoh bo'ldik. Lekin Fransiya ustidan g'alaba qozonish oson bo'lmaydi. Chunki dastlabki 2 muvaffaqiyat "uchranglilar"ga o'zlariga bo'lgan ishonchni kaytarib berdi. O'ylashimizcha, baribir francuzlarda g'alaba uchun imkoniyat yuqoriroq.
EKVADOR - FRANSIYA
01:00. Rio-de-Janeyro. "Marakana" stadioni.
Bosh hakam: Numandiz Due (Kot-d'Ivuar).
Taxminiy tarkiblar
Ekvador: Dominges - Paredes, Eraso, Guagua, Ayovi - A.Valensiya, Minda, Noboa, Montero - E.Valensiya, Kaysedo.
Fransiya: Loris - Sanya, Koselni, Mangala, Evra - M.Sissoko, Mavuba, Pogba - Valbuena, Remi, Grizmann.
Diskvalifikaciya: Kabay (Fransiya).
Behzod Nazarov tayyorladi.