"Zenit" Sergey Semakni iste'foga chiqarmaydi

Aslanov Jasurbek
3 dek 2021
"Zenit" klubi rahbariyati bosh murabbiy Sergey Semakni iste'foga chiqarishni rejalashtirayotgani yo'q.

Sankt-Peterburgliklar YCHLdagi muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan murabbiyga ishonishda davom etadi. Klub kelajakni u bilan birga ko'rmoqda. Semakning amaldagi shartnomasi 2+1 ko'rinishiga ega. Kelishuvning dastlabki qismi ushbu mavsum oxirida tugaydi. Tomonlar shartnomani avtomatik uzaytirish huquqiga ega. "Zenit" Rossiya chempionatning ortda qolgan 16 uchrashuvida 36 ochko to'plagan holda peshqadamlik qilyapti. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Чемпионат