"Zenit" Azmun bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlashi mumkin

Alisher
22 noya 2021, 12:41
"Zenit" jamoa forvardi Syerdar Azmun bilan tez orada shartnomani uzaytirishni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Klub o'yinchining agenti bilan dekabrda muzokaralarni boshlaydi. Ammo, eronlik futbolchining o'zi faoliyatini Yevropa klublaridan birida davom ettirishni xohlaydi.

Oldinroq xabar berilganidek, o'yinchiga "Lion" qiziqmoqda. Transfer narxi 8 million evroni tashkil etishi mumkin.

26 yoshli futbolchi joriy mavsum "Zenit" libosida 18ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: РБК Спорт