Zaxa: "Keyingi mavsum YCHLda o'ynamoqchiman"

Mirjalol Normatov
20 apr 2019
"Kristal Pelas" hujumchisi Uilfrid Zaxa kelajakda YCHLda o'ynamoqchi.

"Ambicioz insonman. Mening ambiciyalarim shundayki, nafaqat top-klubda o'ynash, balki u va terma jamoada ham katta sovrinlarni qo'lga kiritishni istayman. Shu mening maqsadim. Bu darajaga chiqa olishimga ishonaman.

YCHLda o'ynashni istayman. Bu tajriba menga yetishmayapti. Keyingi yilmi yoki undan keyingisi, farqi yo'q. Menga bir imkon berilsa bo'lgani", - dedi Zaxa.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail