Zaxa "Kristal Pelas" ayollarini inqirozdan saqlab qoldi

Aslanov Jasurbek
6 sen 2018, 11:49
"Kristal Pelas" hujumchisi Uilfrid Zaxa klubning ayollar jamoasiga moliyaviy yordam ko'rsatdi va ularni inqirozdan saqlab qoldi.

Oldinroq, London klubi homiy topilmasa ayollar jamoasini tarqatib yuborishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. Og'ir vaziyatda ayollarga Zaxa moliyaviy yordam berdi.

Shunday qilib, ayollar jamoasi faoliyatini davom ettirishi mumkin, ular joriy mavsum Angliyaning ikkinchi divizionida ishtirok etishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC