Zaxa qarsak chalgani uchun diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
8 fev 2019, 12:46
"Kristal Pelas" hujumchisi Uilfrid Zaxa "Sautgempton"ga qarshi APLning 24-tur uchrashuvidagi ishi uchun jazolandi.

87-daqiqada bosh hakam Andre Marriner ivuarlik futbolchini qoidabuzarlik uchun jazoladi. Zaxa bundan g'azablanib, hakamga kesatish ruxidagi qarsak chaldi, shundan so'ng esa u chetlatildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) futbolchini bitta o'yinga diskvalifikaciya qilib, uni 10 ming funt jarimaga tortdi.

Joriy mavsum 26 yoshli hujumchi Premer-liganing 21ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC