"Yuventus" "Real" xavbekini nishonga oldi

Alisher
22 dek 2024, 15:12
"Yuventus" "Real" yarim himoyachisi Dani Sebalos bilan shartnoma imzolash imkoniyatini o'rganmoqda.

Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Turinliklar markaziy chiziqqa futbolchi xarid qilishmoqchi. Ispan nomzodlardan biri. Futbolchining o'zi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlaydi. Sebalosni shuningdek "Betis", "Atletiko" va "Real Sosedad" kuzatmoqda.

Dani joriy mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt ispanni 4 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: x.com/Ekremkonur