“Yuventus” noodatiy transferni amalga oshirdi

Eldor Akmurzayev
2 sen 2020
Turinliklar “Monca” hujumchisi Andrea Brigenti bilan shartnoma imzoladi.

Futbolchining yoshi 32 da, ammo u “Yuventus” U-23 jamoasida o'ynashi aytilmoqda. Brigenti shu vaqtgacha yuqori divizion klublarida harakat qilmagan. Uning eng yuqori darajasi esa B Seriya bo'lgandi (45 o'yinda, 6 gol).

Eslatib o'tamiz, “keksa senora”ning yoshlar jamoasini Andrea Pirlo boshqarishi kerak edi, ammo rahbariyat Mauricio Sarrini bo'shatgandan so'ng yosh murabbiyni asosiy jamoa boshqaruviga tayinlashga qaror qildi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football.ua