"Yuventus" MYU hujumchisini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
16 mar 2018
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Fransiyalikka "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. "Keksa sinora" vakillari bir necha kun oldin Marsyal agentlari bilan muzokara o'tkazishdi. Turinliklar yozda Fransiya terma jamoasi hujumchisini xarid qilmoqchi.

Marsyal joriy mavsum APLning 26ta uchrashuvida maydonga tushib, 9ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Premium Sport