"Yuventus", "Milan", "Inter" va "Roma" 67 yil ichida birinchi marta A Seriyaning bir turida mag'lub bo'ldi

Sherzod Nurmatov
19 sen 2022, 18:17
Jamoalar A Seriyaning 7-turida mag'lubiyatga uchrashdi.

Turin klubi "Monca"ga (0:1), rimliklar "Atalanta"ga (0:1), "neradzurri" "Udineze"ga (1:3), mamlakat chempioni "Napoli"ga (1:2) mag'lub bo'ldi.

1955 yilning fevralidan beri, yani 67 yildan ortiq vaqtdan buyon ilk bor "Yuve", "Inter", "Milan" va "Roma" Italiya chempionatining bir turida yutqazib qo'ydi.

Shuningdek, bu klublarning hech biri 7 turdan so'ng turnir jadvalida kuchli to'rtlikdan joy olgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport