“Yuventus” Italiya kubogi finaliga chiqdi. Bugun uning raqibi ma'lum bo'ladi

Jamoa yarim finalning javob uchrashuvida ham “Atalanta”ni mag'lub etdi.

Dastlabki uchrashuvda Turin klubi safardan 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan edi. Uy uchrashuvida ham xuddi shunday hisob qayd etgan “Yuve” Italiya kubogi finaliga chiqdi. O'yindagi yagona gol Miralem Pyanich tomonidan 75-daqiqada penaltidan kiritildi.

Bugun tunda “Yuve”ning raqibi “Milan” - “Lacio” o'yinida ma'lum bo'ladi.

“Yuventus” – “Atalanta” 1:0

Gol: Pyanich, 75 (1:0, pen)

Dastlabki uchrashuv: 1:0


Manba: championat.asia