"Yuventus" holatini yaxshilash uchun yanvarda jiddiy ishga kirishadi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2022, 18:10
Ushbu mavsum startida qiyinchilikka duch kelgan Turin klubi vaziyatni o'nglash uchun bir qator yurishlarni amalga oshiradi.

Avvalo, "Yuve" himoyaning chap qanotini kuchaytirishni istaydi. Buning uchun "Benfika" himoyachisi Aleks Grimaldoni ideal variant, deb hisoblayapti. 

27 yoshli futbolchining Portugaliya klubi bilan amaldagi bitimi 2023 yilda tugaydi. Bu uning yozdagi ehtimoliy transferi oldidan Italiya klubining yanvardayoq harakat qilishi kerakligini anglatadi. Portugaliya nashrlari "Yuventus" bu futbolchi uchun kurashda raqiblarini dog'da qoldirish uchun bor imkoniyatini ishga solayotganini bildirdi. Holati boshqalarnikidan yomonroq ekani hisobga olinsa, bu, albatta, yaxshi yurish bo'lar edi.

"Inter" ham "Eshtadiu da Lush"da etti mavsum o'tkazib, biroz manzarani o'zgartirishni istaydigan futbolchiga xaridor bo'lib turibdi.

Alexandro ushvu mavsumda "Benfika" libosida 9 ta o'yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urib, 3 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato