“Yuventus” Fati bilan qiziqmoqda

Eldor Akmurzayev
27 okt 2020, 20:20
Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar umidli futbolchisi Ansu Fati “Yuventus”ning qiziqish doirasiga tushgan. “Yuve” 17 yoshli hujumchini keyingi yil yozida 120 mln evroga sotib olmoqchi. “Barsa” esa uni sotishni o'ylamayapti. Fatining klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozigacha tuzilgan.

Ispaniyalik joriy mavsum La Ligada 5 o'yinda qatnashin, 4 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Calciomercato