"Yuventus" "Chelsi"ni Lukakuni ijaraga olishga ko'ndirmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
27 iyul 2023, 09:11
"Yuventus" haligacha Romelu Lukakuni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Italiyaliklar "Chelsi"ni ijara bo'yicha kelishuvga ko'ndirmoqchilar. 

O'tgan mavsumda Lukaku "Inter" safida ijara asosida o'ynagandi. 

Futbolchi bu mavsum ham "Inter"ga o'tishi kutilgandi. Biroq u "Yuventus" bilan muzokaralarni boshlagani sababli milanliklar futbolchini olish fikridan qaytishdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Times