"Yuventus" "Atalanta"ga futbolchilarni almashishni taklif qilmoqda

Mirjalol Normatov
8 yanv 2021, 00:55
"Yuventus"dagilarga "Atalanta" futbolchisi Alexandro Gomesning o'yinlari maqul kelmoqda.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra,  uning uchun turinliklar Federiko Bernardeskidan voz kechishga tayyor turibdi. Ammo u jamoani tark etishni istamayapti.

Eslatib o'tamiz, "Atalanta" rahbariyati bosh murabbiy bilan urushib qolgan Alexandro Gomesdan voz kechgan.

Ushbu mavsumda 32 yoshli Gomes "Atalanta" tarkibida 16 o'yinda qatnashib, 5 gol va 4 assist qayd etdi. 26 yoshli Bernardeskida esa 17 o'yinda 1 assist bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport