"Yuventus" A Seriya futbolchisini nishonga oldi

17 noya 2022, 12:05
Turin klubi "Atalanta" himoyachisi Jorjo Skalvinini kuzatib borayotgani ma'lum bo'ldi.

Maydon markazida ham o'ynay oladigan futbolchi bilan hali xech qanday muzokaralar olib borilgani yo'q. 

18 yoshli futbolchi ushbu mavsumda Italiya A Seriyasida 11 ta o'yinda maydonga tushirilganidan so'ng "byankoneri"ning radariga tushib qoldi. Skalvinining hisobida hozircha "Roma"ga qarshi o'yinda urilgan yagona gol mavjud.

"Atalanta"ning turli yosh toifalardagi jamoalarida o'ynab, asosiy jamoaga qadar ko'tarilgan Skalvini maydonda jami 646 daqiqa harakatlanib, 3 ta sariq kartochka ishlab olishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato