"Yuventus" 8 yillik natijasini takrorladi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2019, 11:02
"Yuventus" A Seriyaning 22-turida "Parma" bilan durang (3:3) qayd etdi.

Turin klubi o'yin davomida 2:0 va 3:1 hisobida 2ta to'p farqi bilan oldinda edi.

"Yuventus" A Seriya doirasidagi uyida o'tkazgan bahsda so'nggi sakkiz yil ichida birinchi marta 2 to'p farqi bilan oldinda borayotib g'alaba qozona olmadi. So'nggi bor bunday voqea 2011 yil "Palermo"ga qarshi bahsda (2:2) sodir bo'lgandi.

A Seriya turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: MisterChip